24 iyu 09:40
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Pragadagi “CHellenjer”da, ilk raqib malum
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev CHexiyaning Praga shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etadi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 43 000 evroni tashkil qiladi. Hamyurtimiz o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan boshlaydi.
Qura natijasiga ko'ra,
Sanjar Fayziev ilk davrada portugaliyalik Joao Domingesga qarshi kortga chiqadi. Dominges
dunyo reytingida 195-o'rinni egallab turibdi. Bu uchrashuvning ertaga o'tkazilishi
rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar