02 noy 15:45
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Quvayt turnirida chorak finalga chiqdi
Quvaytning Mishref shahrida mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslarida terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan Fayziev bugun ikkinchi bosqich uchrashuvida ruminiyalik Andrey Patruini 6:0, 6:1 hisobida mag'lub etdi.Uning chorak finaldagi raqibi turkmanistonlik Isa Mammetguliev bo'ladi. Isa ikkinchi davrada turnirning sakkizinchi raketkasi, gollandiyalik Paul Montebanni 7:6(4), 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Xabar berganimizdek, yakkalik bahslarida qatnashgan yana bir hamyurtimiz SHonig'mat SHofayziev ilk davrada aynan Montebanga 2:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar