05 okt 08:30
Yangiliklar
Tennis

Fayziev va Fomin Shymkent Open turnirini g'alaba bilan boshlashdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan Shymkent Open turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning asosiy to'rida ishtirok etayotgan hamyurtimizdan yana ikki nafari ikkinchi davraga yo'l olishdi. Turnirning to'rtinchi raketkasi sifatida qayd etilgan Sanjar Fayziev ilk davrada qozog'istonlik Temur Xabibulinni 4:6, 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Sergey Fomin esa yana bir tennischimiz Sunnatilla Quttiboevdan 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi. SHarobiddin Abzalov va SHohrux Abdumalikovlar esa birinchi bosqich uchrashuvida mag'lubiyatga uchrashdi.
Eslatib o'tamiz, Sanjar Fayziev shanba kuni yakunlangan xuddi shunday nufuzdagi CHimkent turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar