24 apr 14:15
Yangiliklar
Tennis

Fayziev va Ismoilov Qarshidagi turnirni g'alaba bilan boshlashdi
Bugun Qarshi shahrida erkak tennischilar ishtirokidagi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat musobaqaning asosiy to'r bahslarida hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov, Jo'rabek Karimov, Sergey Fomin, Amal Sultonbekov, Saidalo Saidkarimov va SHonig'mat SHofayziev to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini qo'lga kiritgandi.
Turnirda 6-raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev bir necha daqiqa avval yakunlangan ilk davra uchrashuvida rossiyalik Denis Macukevichni ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Sakkizinchi raketka bo'lgan Temur Ismoilov esa yana bir vakilimiz Amal Sultonbekovdan 6:3, 6:0 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar