10 fev 17:50
Yangiliklar
Tennis

FedCup. O'zbekiston terma jamoasi Indoneziyaga yutqazib qo'ydi
Tennis bo'yicha O'zbekiston qizlar terma jamoasi Bahraynda "Federaciya kubogi"ning ikkinchi guruh bahslarida ishtirok etmoqda.
Yangi Zelandiya va Livan terma jamoalarini mag'lub etgan terma jamoamiz bugun pley-off bahslarida Indoneziya terma jamoasiga qarshi o'yinlar o'tkazmoqda.
Avvaliga Oqgul Omonmurodova yakkalik bahslarida Aldila Sutiadiga 2:6, 2:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi.
Bundan bir necha daqiqa oldin esa Sabina SHaripova o'zidan reytingi past tennischiga qarshi o'yinda 6:4, 5:7, 5:7 hisoblarida yutqazdi.
Endi juftlik bahslarining natijasi xech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ushbu mag'lubiyat sabab tennischilarimiz birinchi guruh yo'llanmasini qo'lga kirita olmadilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar