06 fev 15:59
Yangiliklar

FedCup. O'zbekiston turnirni g'alaba bilan boshladi
Vakillarimiz guruh bahslarida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkazishlari haqida xabar qilgandik.
Bugungi bahslar yakunlandi. Avvaliga Yasmina Karimjanova Nensi Karakini 55 daqiqa ichida 6:2, 6:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Keyin esa Sabina SHaripova Xoda Xabib ustidan 58 daqiqa ichida 6:0, 6:1 hisobida g'olib bo'ldi. SHu tariqa, terma jamoamiz qizlari Livanga qarshi o'yinda 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi.
Juftlik bahslarida esa Abduraimova/Omonmurodova tandemi Karaki/Nassif juftligini 6:2, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdilar. SHu tariqa, O'zbekiston - Livan to'qnashuvi 3:0 ko'rinishida yakunlandi.
Endi qizlarimiz Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin o'tkazadilar.
Fikrlar