08 fev 15:18
Yangiliklar
Tennis

FedCup. O'zbekiston - Yangi Zelandiya. Hisob 2:0 ko'rinishiga keldi
Tennis bo'yicha O'zbekiston qizlar terma jamoasi Bahraynda o'tkazilayotgan "Federaciya kubogi" bahslarida ishtirok etmoqdalar.
Bugun tennischilarimiz Yangi Zelandiya terma jamoasi qizlariga qarshi o'yin o'tkazdilar.
Kunning dastlabki o'yinida Nigina Abduraimova g'alaba qozonib, terma jamoamizni oldinga olib chiqqani haqida xabar qilgandik.
Bir necha daqiqa oldin O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Erin Rutliffga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 9 daqiqa davom etgan bahsda Sabina 7:5, 6:1 hisobida g'alaba qozondi va O'zbekiston - Yangi Zelandiya qarama-qarshiligida hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
Endi birozdan so'ng Omonmurodova/Karimjonova juftligi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar