08 fev 16:58
Yangiliklar
Tennis

FedCup. O'zbekiston Yangi Zelandiyani yirik hisobda mag'lub etdi
Bahraynda tennis bo'yicha qizlar o'rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan "Federaciya kubogi"ning ikkinchi guruh bahslari yakunlandi.
Tennischilarimiz guruhdagi ikkinchi o'yinni Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o'tkazdilar.
Avvaliga yakkalik bahslarida Nigina Abduraimova Jeyd Lyuisni 7:5, 6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Sabina SHaripova esa Erin Rutliffdan 7:5, 6:1 hisoblarida ustun keldi.
Juftlik bahslarida esa Oqgul Omonmurodova hamda Yasmina Karimjonova tandemi raqiblarning Fenning/Vestbari juftligini 7:5, 6:1 hisobida mag'lub etdilar.
SHu tariqa, O'zbekiston - Yangi Zelandiya qarama-qarshiligi 3:0 ko'rinishida yakunlandi. Birinchi bahsda tennischilarimiz Livan terma jamoasini shunday hisobida mag'lub etgandilar.
Endi tennischilarimiz 10 fevral kuni Indoneziya terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadilar.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar