06 avg 09:47
Yangiliklar
Tennis
Federer 1000 haftadan beri Top-50 reytingida!
SHveycariyalik afsonaviy tennischi Rojer Federer 1000 haftadan beri ATR reytingida Top-50da bo'lib turibdi.
Federer ushbu natijasi bilan yana bir rekordni o'rnatdi. Ayni paytda reytingning uchinchi pog'onasidan joy olib turgan tajribali Rojer uzluksiz 1000 hafta davomida Top-50 reytingidan chiqib ketgani yo'q.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni amerikalik afsonaviy tennischi Jimmi Konnors band etgan. U 873 hafta mobaynida 50 nafar tennischi safida bo'lgan. Yana bir amerikalik raketka ustasi Jon Makinroy esa 827 haftalik natija bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar