14 dek 14:22
Yangiliklar
Tennis

Federer 20 million dollarlik shartnoma imzoladi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan Lintd kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini uzaytirdi.
Malum bo'lishicha, ushbu shartnoma sportchiga 20 million dollar olib keladi.
"Biz asosiy elchimiz bilan kelishuvni uzaytirganimizdan juda xursandmiz. U yilni ajoyib o'tkazdi. Federer tarixni qayta yozmoqda. Biz u bilan birgalikda shveycarcha sifatning namunasi bo'lamiz", - dedi kompaniya prezidenti Ernst Tanner.
"Men Lindt kompaniyasining mahsulotlarini eb katta bo'lganman.Men shveycariyalikman va shokoladni yaxshi ko'raman. Bolaligimni eslatuvchi xotiralar sabab ular bilan hamkorlikni rad eta olmayman. Men dunyo bo'ylab sayohat qilaman. Odamlar esa mendan shokolad haqida so'rashadi. Endi aniq qaysi shokolad haqida gapirib berishni bilaman", - dedi tennischi.
Havola :
Manba : Lintd
Fikrlar