13 iyu 11:20
Yangiliklar
Tennis

Federer 45 yillik natijani yangiladi
Sayyoramizning uchinchi raqamli tennischisi Rojer Federer Londonda davom etayotgan "Uimbldon" musobaqasining finaliga chiqdi.
Federer 45 yil davomida hech kim tomonidan qayd etilmagan natijaga erishdi. Rojer "Katta Dubulg'a" finalida o'ynaydigan eng yoshi katta ikkinchi tennischiga aylandi. Unga qadar bunday natijaga 1974 yili avstraliyalik Ken Rozuell erishgandi.
Eslatib o'tamiz, Rojer Federer final uchrashuvida serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gottenis
Fikrlar