07 iyu 07:25
Yangiliklar
Tennis

Federer 5 set davom etgan bahsda CHilichni mag'lub etdi
Londonda davom etayotgan tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining erkaklar o'rtasidagi bahslarida yarim finalchilar malum bo'ldi.
SHveycariyalik Rojer Federer dramatik kechgan chorak final uchrashuvida xorvatiyalik Marin CHilichni 5 set natijasiga ko'ra mag'lub etdi. Dastlabki ikki setni boy bergan Federer keyingi 3ta setda raqibidan ustun ekanligini isbotladi.
34 yoshli Federer uchrashuv mbaynida 27ta, CHilich esa 23ta eys zarbani amalga oshirdi. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlarda endi Federer 6:1 hisobida oldinga chiqib oldi.
Rojer Federer (SHveycariya, 3) – Marin CHilich (Xorvatiya, 9) – 6:7 (4), 4:6, 6:3, 7:6 (9), 6:3
Havola :
Fikrlar