28 jan 16:47
Yangiliklar
Tennis

Federer 6 karra Australian Open turniri g'olibi!
Hozirgina Melburn shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Australian Open musobaqasining final uchrashuvi yakuniga etdi.
Hal qiluvchi bahsda shveycariyalik Rojer Federer hamda xorvatiyalik Marin CHilich o'zaro to'qnash kelishdi. Uch soatu 7 daqiqa davom etgan dramatik bahsda dunyoning ikkinchi raketkasi hisoblangan Federer 6:2, 6:7(5), 6:3, 3:6, 6:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bu bilan Rojer Federer Australian Open turnirning olti
karra g'olibiga aylandi. U “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqalardagi
20-titulini qo'lga kiritdi. Avstraliya Ochiq chempionatida esa oltinchi sovriniga
ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar