So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

17 fev 09:41
Yangiliklar

Tennis

Federer 6 yillik tanaffusdan so'ng yana dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi

Teglar :  TennisFedererNadal
SHveycariyalik tennis afsonasi Rojer Federer Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan turnirning yarim finaliga yo'llanma oldi.

Bu esa unga dushanba kuni elon qilinadigan reytingda hozirgi peshqadam Rafael Nadalni ortda qoldirib, yana birinchi o'ringa ko'tarilib olish imkonini beradi. Federer 6 yillik tanaffusdan so'ng yana reytingning birinchi pog'onasiga qaytadi. 

Rotterdam turnirida wild card, yani imtiyozli yo'llanma evaziga qatnashayotgan shveycariyalik raketka ustasi Ruben Bemelmansni 6:2, 6:1, Filipp Kolshrayberni 7:6, 7:5, Robin Xaasni 4:6, 6:1, 6:1 hisobida mag'lub etdi.

Bu bilan dushanba kuni elon qilinadigan reytingda Federerning ochkolari kamida 9785 ballga etadi. Rafael Nadal esa 9760 ochko bilan qoladi. Federer 36 yoshu 6 oylik holatida dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan eng yoshi katta tennischiga aylanadi. 

U bu natijasi bilan amerikalik Andre Agassini ortda qoldiradi. Agassi ATR reytingida peshqadam bo'lgan chog'ida 33 yoshu 4 oylik edi. Agassi kechaning o'zidayoq Federerni bu muvaffaqiyati bilan tabriklashga ulgurdi. 

SHu tariqa, Federer 2012 yilning 4 noyabridan so'ng ilk bor dunyo reytingining birinchi pog'onasiga ko'tariladi. Besh yilu 106 kunlik tanaffusdan so'ng yana reyting taxtiga qaytish ham jahon rekordi hisoblanadi. 

Malumot uchun, Rojer Federer o'z faoliyati davomida uch marotaba ATR reytingida birinchi o'ringa ko'tarilishga muvaffaq bo'lgan:

- 2004 yilning 2 fevralidan to 2008 yilning 17 avgustigacha

- 2009 yilning 6 iyulidan to 2010 yilning 6 iyunigacha

- 2012 yilning 9 iyulidan to 2012 yilning 4 noyabrigacha

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing