09 noy 12:42
Yangiliklar
Tennis
Federer: "9 yildan beri faoliyatimni yakunlash haqidagi savolni berishadi"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer faoliyatini yakunlash haqidagi savolga yana bir marotaba javob berib o'tdi.
"Menga faoliyatim juda yoqadi. Kelajakda nima bo'lishini xech kim bilmaydi. Mendan 2009 yilda, Franciya ochiq chempionati vaqtida faoliyatimni yakunlash haqida savol berishgandi.
O'shanda men Pit Samprasning rekordini yangilab, yana jahonning birinchi raketkasiga aylangandim. Baht uchun yana nima kerak?
Tennis mening hayotim. Maksimal ravishda uzoq vaqt o'ynashga harakat qilaman. CHunki, ushbu sport turini juda yaxshi ko'raman", - dedi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar