15 noy 08:21
Yangiliklar
Tennis

Federer ATP Yakuniy turnirida ikkinchi g'alabasiga erishdi
Angliyaning London shahrida tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri davom etmoqda.
2017 yilgi tennis mavsumini yakunlab beruvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli sakkiz nafar raketka ustalari ikki guruhda bosh mukofot uchun bahslarga kirishishgan.
Londondagi “O2 Arena” korti mezbonlik qilayotgan
turnirda kecha ikkita uchrashuv o'tkazildi. Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lgan Rojer
Federer ketma-ket ikkinchi g'alabasiga erishdi.
SHveycariyalik tennis yulduzi bu safar turnirning uchinchi
raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverevni 7:6 (8), 5:7, 6:1 hisobida mag'lub
etdi. Endi u guruhning so'nggi bahsida xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi kortga
chiqadi.
Havola :
Fikrlar