23 dek 14:40
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Australian Open" oldidan tennisga qayta olmasam kerak deb o'ylagandim"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer yil boshida tizzasidagi jarohatini davolaganidan keyingi holati haqida gapirib berdi.
"O'shanda organizmim endi avvalgidek emasligini bilardim. Hattoki, balki endi Turga qayta olmasam ham kerak degan fikrlar o'tgandi. Avstraliya ochiq chempionati boshlanishidan oldin: "Agar birinchi davrada yutqazib qo'ysam, lekin jarohat olmasam, shuning o'zi katta gap".
Lekin, kutilmaganda men juda yaxshi o'yinlar ko'rsata boshladim. Bu menga ishonch bag'ishladim.
"Uimbldon"da men bor imkoniyatimni ishga soldim. Yakunda yil juda ajoyib o'tdi. Men bunday bo'lishini kutmagandim. Bu huddi ertakka o'xshaydi", - dedi Rojer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar