27 okt 20:40
Yangiliklar
Tennis
Federer Bazelda 10-sovriniga ega chiqdi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Bazeldagi turnir finalida avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 8 daqiqa davom etgan o'yinda Federer raqibini 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etdi va turnir g'olibiga aylandi.
Ushbu yutuq Federerga 430 125 evro mukofot puli va 500 reyting ochkosini tadqim etdi.
Bu 38 yoshli Rojer uchun faoliyatidagi 103-sovrin, Bazeldagi turnirda esa u 10-marotaba g'olib chiqdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar