30 okt 08:44
Yangiliklar
Tennis

Federer Bazelda faoliyatidagi 95-sovrinni qo'lga kiritdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Rojer Federer SHveycariyaning Bazel shahrida yakunlangan nufuzli turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
SHveycariyalik tennis yulduzi Swiss Indoors Basel turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida argentinalik Xuan Martin Del Portga qarshi kortga chiqdi. Rojer 2 soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda 6:7(5), 6:4, 6:3 hisobidagi irodali g'alabaga erishdi.
O'z vatanidagi muvaffaqiyatli ishtirok Federerga 438,505
evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. Rojer Bazelda faoliyatidagi
95-sovrinini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar