28 okt 08:35
Yangiliklar
Tennis

Federer Bazeldagi turnirda yarim finalga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Rojer Federer SHveycariyaning Bazel shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHveycariyalik tennis yulduzi Swiss Indoors Basel turnirining yarim finalida franciyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 43 daqiqa davom etgan bahsda Rojer 4:6, 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Mannarino
dunyo reytingida 28-o'rinni egallab turibdi. Endi Federer final chiptasi uchun
belgiyalik Devid Goffinga qarshi bahs olib boradi. Bu tennischi amerikalik Jek
Sokdan 7:6(8:6), 6:3 hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar