23 okt 16:19
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Bazeldagi turnirga yaxshi tayyorlandim deb o'ylayman"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Bazeldagi turnir oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu turnirda iloji boricha uzoqroqqa bormoqchiman. To'g'risini aytsam, biroz bosimni his qilyapman. Ertaga birinchi bosqichdagi raqibim Frensis Tiafo bo'ladi. Seshanba kungi o'yinda uni mag'lub etmoqchiman.
Bosim haqida gapiradigan bo'lsam, bu erda bir necha marotaba finalda o'ynaganman. Boshqa tomondan, bu safar ham bu natija takrorlanishiga kafolat berolmayman. Lekin, turnirga yaxshi tayyorlandim deb o'ylayman", - deydi tennischi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar