25 okt 12:23
Yangiliklar
Tennis

Federer Bazeldagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Rojer Federer Bazeldagi turnirda ilk o'yinida g'alaba qozondi.
U turnirdagi dastlabki o'yinida amerikalik Frensis Tiafoga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 1 daqiqa bo'lib o'tgan o'yinda Rojer raqibini 6:1, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga chiqdi.
Endi u ikkinchi davrada franciyalik Benua Perga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar