29 okt 08:24
Yangiliklar
Tennis

Federer Bazeldagi turnirning finaliga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Rojer Federer SHveycariyaning Bazel shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHveycariyalik tennis yulduzi Swiss Indoors Basel turnirining yarim finalida belgiyalik Devid Goffinga qarshi bahs olib bordi. Bu tennischi dunyo reytingida 10-o'rinni egallab turibdi.
Roppa-rosa bir soat davom etgan final uchrashuvida
mezbon raketka ustasi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1, 6:2. Bugun
Rojer o'z muxlislari ko'z o'ngida o'tadigan finalda argentinalik Xuan Martin Del
Portga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar