08 jan 09:05
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Biz Benchich sabab g'olib bo'la oldik"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer "Xopman Kubogi"dagi g'alabada jamoadoshi Belinda Benchichning xizmatlari katta ekanligini aytib o'tdi.
"Belindadan minnatdorman. Juftlik bahslarida u ajoyib o'ynadi. To'plarni ideal tarzda qabul qila oldi va yaxshi zarbalar berdi. SHuning uchun ham biz g'alaba qozondik. U o'yin taqdirini hal qildi. Agar yana "Xopman Kubogi"da o'ynaydigan bo'lsa Benchich bilan birga harakat qilaman", - dedi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar