15 iyu 09:44
Yangiliklar
Tennis

Federer bu yil hisobidan ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi
2017 yilda "Australian Open", shuningdek ikkita "Masters"da g'oliblikni qo'lga kiritgan dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi Rojer Federer bu yil ikkinchi marta yutqazib qo'ydi.
SHtutgartda bo'lib o'tayotgan turnirda u Mayamidagi "Masters"dan so'ng (10 hafta) ilk o'yinini o'tkazdi. Bunda 35 yoshli tennischiga germaniyalik Tommi Xaas raqiblik qildi.
1 soat 54 daqiqa davom etgan o'yinda Federer 6:2, 6:7, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rojer ushbu o'yinda matchboldan foydalana olmadi.
Malumot uchun, Federer bu yil faqat Dubaydagi turnirda Evgeniy Donskoyga yutqazib qo'ygandi. O'shanda ham u matchbolni amalga oshira olmagan.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar