31 mar 16:21
Yangiliklar
Tennis

Federer bundan 11 yil oldin mavsumni shunaqa muvaffaqiyatli boshlagan edi
"Ulkan toj" turnirlarining 18 karra g'olibi Rojer Federer Mayamidagi "Masters"da yarim finalga chiqdi va ushbu mavsumdagi g'alaba va mag'lubiyat ko'rsatkichini 17-1 ga etkazib oldi.
Federer uchun bu 2006 yildan beri eng yaxshisi hisoblanadi.
Bungacha u uch marotaba bundan ham yaxshi startni amalga oshira olgan. 2006 yilgi mavsumda u 33-1 natijasini qayd etgandi. 2005 yili esa 35-1, 2004 yilda 23-1 natijalarini ko'rsata olgan. Aynan o'sha mavsumlarni u dunyoning birinchi raqamli tennischisi sifatida yakunlagan.
Havola :
Manba : ATPMediaInfo
Fikrlar