13 sen 11:00
Yangiliklar
Federer: "Do'stlar, men ham yutqazaman"
"Meni jahlimni chiqaradigan narsa shuki, OAV uchun yaxshi natijalar xech narsani bildirmaydi. Nadal,Jokovich va Marrey ko'plab musobaqalarda g'alaba qozonishdi, ammo jurnalistlar uchun bu xech narsani bildirmaydi. Ahir bu osonlik bilan qo'lga kiritilmaganku.
Rafa va Novakning bugun qilayotgan ishi aqlga sig'maydi. Ammo, buni barcha tushunib etmayapti.
Mendan nima uchun Monte-Karlo va Rimdagi musobaqada xech qachon g'alaba qozona olmaganim haqida so'rashadi. Ahir sen barcha musobaqada g'olib bo'la olmaysanku. Men 15 yil davomida harakat qildim.
Men finalga chiqdimmi? Bu etarli emas. Yarim final yomon natija. CHorak finalad yutqazdimmi? Buni tragediyaga qiyoslashadi. Xuddi men birinchi davradayoq yutqazgandek. Unaqa emasda do'stlar, men ham mag'lub bo'lishim mumkin", - dedi Federer.
Fikrlar