20 sen 15:30
Yangiliklar
Tennis

Federer dunyoning eng boy tennischisi deb topildi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer dunyoning eng boy tennischisi deb topildi.
U 12 yildan beri ketma-ket shunday nomga ega bo'lyapti. Jarohati sabab deyarli yarim yil kortga chiqmagan Rojer joriy yil hisobidan 64 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo'ldi.
Federerning asosiy daromadi reklama shartnomalariga to'g'ri kelyapti. U Wilson, Credit Suisse, Mercedes, Rolex, Lindt, Jura, Moet & Chandon, Sunrise, NetJets, Nike kabi dunyoning brend kompaniyalari bilan shartnoma imzolagan.
SHuningdek, shveycariyalik tennischi pasta ishlab chiqaruvi Barilla kompaniyasi bilan 5 yilga mo'ljallangan 40 million dollarlik kelishuvga ham imzo chekkan. Federer ko'rgazmali turnirlarda qatnashgani uchun 2 million dollar atrofida gonorar oladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar