15 avg 08:45
Yangiliklar
Tennis

Federer etti marotaba chempion bo'lgan turnirida qatnashmaydi
Cincinatti turnirining etti karra g'olibi bo'lgan Rojer Federer belidagi jarohat sabab musobaqada qatnashmasligini malum qildi.
SHveycariyalik tennis yulduzi ATP Masters 1000 turnirida ikkinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, ilk davrada rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqishi lozim edi.
Malumot uchun, bu
yilgi mavsumda Rojer Federer 5 ta turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Ulardan
ikkitasi “Masters” seriyasiga kiruvchi, bittasi esa “Katta Dubulg'a” turkumidagi
turnir edi. Yakshanba kuni u Monrealdagi “Masters” turniri finalida germaniyalik Aleksandr
Zverevga yutqazgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar