11 dek 10:51
Yangiliklar
Tennis

Federer ettinchi bor SHveycariyada yil sportchisi deb topildi+FOTO
Dunyoning ikkinchi raketkasi Rojer Federer SHveycariyaning 2017 yildagi “Eng yaxshi sportchisi” deb topildi.
Taqdirlash marosimi Cyurix shahrida bo'lib o'tdi. Federer bu bilan ettinchi marotaba o'z mamlakatida yil sportchisi sifatida tan olindi. Rojer joriy 2017 yilda 7ta titul, jumladan Uimbldon va Australian Open turnirlarida bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” sifatida esa tog' chang'i sport turi vakilasi Vendi Xoldener etirof etildi. Federerning ustozi Severin Lyuti “Yilning eng yaxshi murabbiyi” bo'ldi. JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritgan SHveycariya terma jamoasi yil jamoasi deb topildi.
Havola :
Fikrlar