15 noy 17:17
Yangiliklar
Tennis

Federer faoliyati davomida mukofot puli ishlash bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi
Aleksandr Zverev ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng shveycariyalik tennischi Rojer Federer faoliyati davomida mukofot puli ishlash bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi.
Rojerning hisobida 110.235.682 AQSH dollari bor. Ikkinchi o'rindagi Tayger Vudsda esa 110.061.012 AQSH dollari mavjud. Yakuniy turnirgacha Federerning hisobida 109.853.683 AQSH dollari bor edi.
Malumot uchun shveycariyalik tennischi 1998 yildan beri Turda qatnashadi, Vuds esa 1996 yilda faoliyatini boshlagan.
Reytingda klublardan maosh oladigan sportchilarning pullari, shuningdek, bokschilarning janglardan oladigan gonorarlari hisobga olinmagan.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar