19 fev 07:51
Yangiliklar
Tennis

Federer faoliyatidagi 97-sovrinini qo'lga kiritdi
Xabar berganimizdek, kecha Gollandiyaning Rotterdam shahrida sovrin jamg'armasi 1 996 245 evroni tashkil qilgan turnir yakunlangandi.
Unda bugun dunyoning birinchi raketkasiga aylangan Rojer Federer bolgariyalik Grigor Dimitrovni 55 daqiqa davom etgan finalda 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etib, bosh mukofot sohibiga aylandi.
Rotterdamdagi muvaffaqiyatli ishtirok shveycariyalik tennis yulduziga 401 580 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. Rojer shu bilan birga faoliyatidagi 97-sovrinini ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar