So’nggi yangiliklar

14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0

16 iyu 12:04
Yangiliklar

Tennis

Federer finaldan so'ng nimalar dedi? (jurnalist bilan savol-javob)

Rojer Federer Uimbldon turniri finalidagi mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, shveycariyalik tennis yulduzi 5 soatu 2 daqiqa davom etgan 5 setdan iborat hal qiluvchi final uchrashuvida serbiyalik Novak Jokovichga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.  

- Nima noto'g'ri ketdi?

- Bittagina zarba. Menda ikkita matchbol bo'ldi, lekin foydalana olmadim.

- Siz aynan matchbol sabab yutqazdingizmi?

- Yo'q, men unday demagan bo'lardim. Menda bundan keyin ham imkoniyat bo'ldi. Hamisha yaxshi narsalarni o'ylashga harakat qilaman. Hisob 9:9 bo'lib turgan vaqtda ham g'alabamga ishonchim komil edi.

- Siz uchrashuvda ko'proq ochko oldingiz.

- Bu ahamiyatsiz.

- Novak Siz va Nadalning erasiga qo'shildimi?

- U allaqachon qo'shilib bo'lgandi.

- Kelajakda muxlislar Jokovichni qanday eslashadi?

- Biz uning juda kuchli tennischi ekanligini bilamiz. Bu uning natijalaridan ham malum. Tarix ham xuddi shunday eslab qolsa kerak.

- Sizga «Ulkan toj»lardagi rekord muhimmi?

- Oldinlari juda katta ahamiyatga ega edi, hozir esa yo'q. Hozirda menda bundan ham ahamiyatliroq narsalar bor. Juda ko'p rekordlar o'rnatdim. Lekin rekordlar hech qachon abadiy bo'lmaydi. Men muxlislar bilan to'lgan kortda Jokovichga qarshi bahs olib bordim. Bundan muhimroq narsa yo'q men uchun.

- Mag'lubiyatdan qanday chiqib ketasiz?

- Asosiysi mag'lubiyat haqida o'ylamasdan, uni tezroq unutish lozim. Finalga qadar etib keldim, bu ham mening yoshimda katta natija. 2008 yildan so'ng, men tez orada ketaman, deb o'ylagandim, lekin unday bo'lmadi. SHu sababli barcha bo'lgan voqealarni yaxshilikka yo'yish kerak.

- Endi nimalar qilmoqchisiz?

- Monrealdagi turnirni o'tkazib yuborib, dam olaman. Keyin Cincinnati hamda boshqa turnirlarda ishtirok etmoqchiman.

- Qiyin uchralgan mag'lubiyatdan ko'ra uch setlik mag'lubiyat afzal emasmi?

- Bilmadim. 2:6, 2:6, 2:6, hisobida mag'lub bo'lishim ham mumkin edi. Menda ko'p imkoniyat bo'lgandi, lekin foydalanmadim. Endi buni to'g'rilashni imkoni yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing