15 noy 13:43
Yangiliklar
Tennis

Federer: "G'oliblik haqida o'ylamayapman"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Aleksandr Zverevga qarshi o'yindagi g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men xursandman. Bizning guruh juda qiyin edi, shuning uchun dastlabki ikkita o'yinni yutish oson bo'lgani yo'q. Zverevga qarshi o'yin esa juda qiyin bo'ldi. Hozir turnirdagi g'oliblik haqida o'ylamayapman.
Yuqori saviyada tennis o'ynayotganim va qiyin pallalarda g'alabani o'z tomonimga og'dira olayotganim ajoyib", - dedi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar