23 fev 15:08
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Haliyam ettinchi osmondaman"
SHveycariyalik tennichsi yanvar oyida o'tkazilgan "Australian Open" turniridagi g'oliblikdan so'ng nimalarni his qilgani haqida gapirib o'tdi.
"Bundan ham yorqinroq lahzalar bo'lishi mumkinmi? O'sha g'alabamdan so'ng jamoam qanday xursand bo'lganini ko'rgandim. Ular xursandchilikdan "ucha boshlagandilar". Bu ajoyib. Men yana shunday bo'lishini istayman.
Bu "Ulkan toj"lardagi eng muhim g'alabalarimdan biri. Xursandman. CHunki, g'alabadan so'ng bir necha hafta dam ola olaman.
Masalan, 2003 yilda "Uimbldon" g'olibiga aylanganimda, ertasiga Gshtaadda shug'ullanishni boshlab yuborgandim. Bu safar esa barchasi boshqacha. Haligacha ettinchi osmonda uchib yuribman", - deydi tennischi.
Havola :
Manba : nytimes.com
Fikrlar