01 jan 16:16
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Ikki nafar tennis yulduzi Avstraliya ochiq chempionatini o'tkazib yuboradi"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Avstraliya ochiq chempionati oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Rafa, Sten va Novaklar birinchi haftani o'tkazib yubormoqdalar. CHunki, ular to'liq tayyor emaslar. Agar yanvar oyining boshlanishini o'tkazib yuboradigan bo'lsang, Avstraliya ochiq chempionatigacha seni nima kutayotganini bilib bo'lmaydi.
Menimcha, bu narsa ular uchun mehim. 10 kun ichida biz kim "Dubulg'a"da qatnasha olmasligini bilib olamiz. Umid qilamanki, ular Melburnga keladilar. Lekin, menga yigitlarning ikki nafari musobaqani o'tkazib yuborishi mumkindek tuyulmoqda.
Albatta, bu narsalar menga yordam beradi. Lekin, men faqat o'zim haqimda o'ylayapman", - dedi Rojer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar