15 mar 11:06
Yangiliklar
Tennis

Federer Indian-Uellsda chorak finalga chiqdi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Rojer Federer Indian-Uellsda davom etayotgan "Masters"da navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
SHveycariyalik tennischi 1/8 finalda franciyalik Jeremi SHardiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 24 daqiqa davom etgan bahsda Federer 7:5, 6:4 hisobida g'alaba qozondi va chorak final ishtirokchisiga aylandi. Endi u yarim finalga chiqish uchun Janubiy Koreya vakili CHon Xyonga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar