17 iyu 09:43
Yangiliklar
Tennis

Federer irodali g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi
Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli “Mersedes Cup” turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Musobaqaning birinchi raketkasi Rojer Federer final ishtirokchisiga aylandi. SHveycariyalik tennischi 1 soatu 51 daqiqa davom etgan yarim final bahsida avstraliyalik Nik Kirgiosni 6:7(2), 6:2, 7:6(5) hisobida taslim etdi.
Yigirma uch yoshli Nik ATP reytingida 24-o'rinni egallab turibdi. Uchrashuv davomida 36 yoshli Federer 12, 23 yoshli Kirgios esa 23ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Rojer finalda kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar