28 jan 19:35
Yangiliklar
Futbol

Federer ishlab topgan mablag' 100 mln dollardan oshdi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Avstraliya Ochiq chempionati finaliga chiqish orqali faoliyatida ishlab topgan mablag'ini 100 mln dollardan oshirib oldi.
Rojer finalga chiqish orqali 1 mln 850 ming dollarni naqd qilib qo'ydi. Bu bilan uning faoliyatida faqat sovrin jamg'armasi bo'yicha qo'lga kiritgan summasi 100 mln dollardan oshdi.
Lekin Federer bu borada birinchi emas. Serbiyalik Novak Jokovich faoliyatida 107 mln 978 ming 543 dollar sovrin jamg'armasini o'z hisob raqamiga yozib qo'ygan.
Mukofot pullari bo'yicha Top-10:
1) Novak Jokovich $ 107,978,543
2) Rojer Federer $ 100,630,825
3) Serena Uilyams $ 83,611,761
4) Rafael Nadal $ 79,557,302
5) Endi Marrey $ 59,048,644
6) Pit Sampras $ 43,280,489
7) Mariya SHarapova 36,484,486
8) Vinus Uilyams $ 36,285,058
9) Andre Agassi $ 31,152,975
10) David Ferrer $ 29,875,503.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar