15 jan 17:18
Yangiliklar
Tennis
Federer Istominga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Denis Istominga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men ajoyib o'yin ko'rsatdim: zarbalarni tartib bilan berdim. Unga o'yinni nazorat qilishga imkon bermadim va o'zimga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ymadim. Bu menimcha birinchi davra uchun ideal uchrashuv bo'ldi.
Keyingi raqib Evans? U bilan avval ham uchrashganman. Qiziq o'yin bo'ladi", - dedi Federer.
Eslatib o'tamiz, kecha Avstraliya Ochiq chempionatining birinchi davra o'yinida Istomin Rojer Federerga 3:6, 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar