08 noy 08:13
Yangiliklar
Tennis

Federer kelgusi faoliyati yuzasidan bayonot berdi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer kelgusi faoliyati yuzasidan berilgan savolga javob berdi.
“Tushunaman, ertami yo kech baribir professional tennisdagi faoliyatimga yakun yasayman. To'g'ri, hozir 22 yosh emasman. Lekin tennisdan ketish sanasini ham bilmayman.
Agar jismoniy holatim imkon bersa, musobaqalarda
ishtirok etishda davom etaman. Mabodo, o'yinimda pasayishni sezsam, ertasi kuniyoq
raketkalarimni g'ilofiga solaman. Hozircha hammasi joyida”, - deya Federerning
so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Xinhua agentligi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar