26 mar 08:18
Yangiliklar
Tennis

Federer ketma-ket uchinchi marotaba “Rolan Garros”ga bormaydi
Bugun elon qilingan yangi ATR reytingida Rojer Federer peshqadamlikni boy berdi.
SHveycariyalik tennis yulduzi Mayami “Masters” turnirining ikkinchi davrasida kutilmaganda dunyoning 175-raketkasi avstraliyalik Tanasi Kokkinakisga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Aynan shu mag'lubiyatdan so'ng u grunt qoplamali turnirlarni o'tkazib yuborishini malum qildi.
“Ha, men grunt turnirlarida qatnashmaslikka qaror qildim. Men o'tgan haftadayoq o'yinimda pasayish bo'layotganini sezgandim. Endi muammoni bartaraf etish uchun harakat qilaman”, – dedi Federer.
Takidlash joiz, Rojer 2016 yilgi Rolan Garros turnirini jarohat sabab o'tkazib yuborgandi. O'tgan yili esa u umuman grunt turnirlarida ishtirok etmadi. Ketma‑ket uchinchi yil ham Franciya Ochiq chempionati Federersiz o'tadi.
Havola :
Fikrlar