12 apr 13:05
Yangiliklar
Tennis

Federer ko'rgazmali bahsda Marreyni mag'lubiyatga uchratdi
35 yoshli shveycariyalik tennischi Rojer Federer Cyurixda bo'lib o'tgan ko'rgazmali bahsda dunyoning birinchi raqamli raketkasi Endi Marreyni mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu o'yinda Federer 6:3, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi. O'yindan tushgan pullar Federerning Afrikadagi bolalarga yordam beradigan hayriya fondiga o'tkaziladi.
Bu Federer uchun "Masters" finalidan keyingi ilk o'yini bo'ldi. Marrey esa so'nggi o'yinini Indian-Uelsda o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar