02 sen 08:18
Yangiliklar
Tennis
Federer kuchli raqibni mag'lub etdi va US Open chorak finaliga chiqdi
Jahonning uchinchi raketkasi Rojer Federer AQSH Ochiq chempionatining to'rtinchi davrasida belgiyalik David Goffinga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 19 daqiqa davom etgan o'yinda Federer raqibini 6:2, 6:2, 6:0 hisoblarida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi Federer yarim final chiptasi uchun bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar