08 noy 12:54
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Marreyni yana tennis kortida ko'rib xursand bo'ldim"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer kecha Glazgoda bo'lib o'tgan o'yinda Endi Marreyga qarshi ko'rgazmali o'yinda kortga chiqdi.
Ushbu o'yinda g'alaba qozongan Rojer britaniyalik tennischiga tezroq safga qaytishni tiladi.
"Endi, senga maslahatim - butunlay sog'ayib ketgin. SHoshilish kerak emas. Bu jarayon qanchalik uzoqqa cho'zilishi muhim emas. Sen kortga chiqqaningda yuz foiz tayyor bo'lishing kerak. Aks holda o'zingni ishonchli tuta olmaysan.
Marreyning faoliyati hali uzoq davom etadi. Unga tezroq safga qaytishini tilab qolaman. Uni yana kortda ko'rib xursand bo'ldim", - deydi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar