19 mar 11:43
Yangiliklar
Tennis

Federer Mayamida 1/4 finalga etib borsa, reyting peshqadami bo'lib qoladi
Indian-Uells shahrida o'tgan “Masters 1000” turnirining finalida mag'lubiyatga uchragan Rojer Federer keyingi “Masters” musobaqasi yakuniga qadar reyting karvonboshisi bo'lib qolish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.
Reytingda ikkinchi o'rinda borayotgan Rafael Nadal Mayami turnirida aniq ishtirok etmaydi. O'tgan yili ushbu musobaqaning finalida o'ynagan Nadal 600 ochkodan mahrum bo'ladi. Federer amaldagi chempion hisoblanadi va birgina mag'lubiyat sabab 1000 ochko yo'qotadi.
Bunday holatda ispaniyalik tennischida 8770, shveycariyalik yulduzda esa 8660 ochko qoladi. Rojer Mayamidagi turnirdan keyin ham peshqadam bo'lib qolishi uchun kamida 111 ochko to'plashi shart. CHorak finalga yo'l olgan tennischilar 180 ochkoni naqd qilishadi.
Havola :
Fikrlar