12 okt 15:10
Yangiliklar
Tennis

Federer: "Men faqat yirik turnirlarga etiborimni qaratganman"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer SHanxaydagi "Masters" turniri oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men etiborimni faqat yirik turnirlarga qaratganman. Bunday holatda sen juda yaxshi formada bo'lishing lozim. Bu esa oson narsa emas.
O'tkazayotgan mavsumimdan xursandman. Hozir o'zimni AQSH yoki Kanadadagiga qaraganda yaxshi his qilyapman. Yana Osiyoga qaytganimdan xursandman. Mavsumni yaxshi tugata olaman. Men yana ikkita sovrin yutib, keyingi yilga tayyorlanishim lozim. Yana sovrinlar uchun kurashmoqchiman", - deydi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar