11 avg 10:25
Yangiliklar
Tennis

Federer Monrealdagi turnirda Ferrerni mag'lub etdi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer Kanadaning Monreal shahrida o'tkazilayotgan Rogers Cup turnirining nimchorak final uchrashuvida kortga chiqdi.
Dunyoning uchinchi raqamli tennischisi bo'lgan Federer 1 soatu 57 daqiqa davom etgan bahsda ispaniyalik David Ferrerni 4:6, 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Federer uchrashuv davomida 12 ta eys zarbani amalga oshirgan.
SHu kungacha Federer va
Ferrer 17 marotaba to'qnash kelishgan bo'lib, ularning barchasida shveycariyalik yulduz
g'alaba qozongan. 36 yoshli Rojerning chorak finaldagi raqibi yana bir ispaniyalik tennischi
Roberta Bautista-Agut bo'ladi.
Havola :
Fikrlar