13 iyu 14:49
Yangiliklar
Tennis
Federer Nadalga qarshi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer ispaniyalik Rafael Nadal ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
Xabaringiz bor, Federer kecha Uimbldon turnirining yarim finalida grunt qiroli hisoblangan Rafael Nadalni to'rt set natijasiga ko'ra taslim etib, finalga yo'l olgan edi.
"Uchrashuv juda qiyin kechdi, ochig'i, kuchim qolmadi. Rafa aqlbovar qilmas zarbalar yo'lladi. U chempiondek harakat qildi. Men biroz omadliroq bo'lib chiqdim. Finalga chiqanimdan xursandman", - dedi Federer.
Endi Rojer navbatdagi "Ulkan toj" sovriniga ega chiqish uchun finalda yana bir azaliy raqibi serbiyalik Novak Jokovichga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar