19 fev 13:55
Yangiliklar
Tennis

Federer Nadalning tarixiy natijasini yangiladi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Rotterdamdagi musobaqada g'olib bo'lganidan xabaringiz bor.
U "ATP500" musobaqalaridagi 20-sovrinini qo'lga kiritdi. Bu g'oliblik orqali Federer 19 marotaba shunday turnirlarda g'alaba qozongan Rafael Nadaldan o'tib ketdi.
"Men turnirdagi birinchi va oxirgi o'yinimni ajoyib o'tkazdim. Qolgan o'yinlarda esa biroz asabiylashishga majbur bo'ldim. Ammo, bosimni engib, o'zimda kuch topa oldim. Bu muvaffaqiyat bilan g'ururlanaman", - dedi shveycariyalik tennischi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar